Britaniyada bosh miya anevrizmasi tufayli olamdan o‘tgan 13 yoshli Jemima Leyzel tufayli sakkiz kishining hayoti qutqarib qolindi. Bu haqda, The Guardian nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta bir kishining donorlik a’zolari bu qadar ko‘p odamning hayotini saqlab qolmoqda.
Jemimaning tana a’zolari transplantatsiya qilingan sakkiz kishidan besh nafari bolalardir.
Qizning vafotidan so‘ng uning ota-onasi Jemimaning tana a’zolarini o‘lim yoqasidagi boshqa bolalarga taqdim etishga qaror qildi. uch kishi uning yuragi, ingichka ichagi va oshqozonosti beziga ega bo‘ldi, yana ikki kishiga buyraklari taqdim etildi, jigari esa ikki mijoz orasida taqsimlandi. Nihoyat, yana bir kishiga marhum qizaloqning o‘pkalari transplantatsiya qilindi.
Izoh (0)