Toshkentda 7-sentabr, payshanbaga o‘tar kechasi Kichik halqa yo‘lida Temir yo‘l texnikasi muzeyi yaqinida joylashgan 118 yoshli suv minorasi buzib tashlandi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Minora arxitektor Georgiy Svarichevskiy ijodiga mansub bo‘lib, u bundan tashqari 1899-yilda ochilgan “Toshkent—Passajirskiy” (Shimoliy vokzal) stansiyasini ham loyihalashtirgan.
Minoradan tashqari, uning yaqinida joylashgan eski qozonxona ham demontaj qilinmoqda. Bu ishlar Kichik halqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi kesishmasida qayta tiklangan yo‘l o‘tkazgichga tutash hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq. U yaqin kunlarda ochilishi kutilmoqda.
Izoh (0)