O‘zbekistondagi valyuta ayirboshlash shoxobchalarining faoliyati 6-sentabr, chorshanba kunidan boshlab soat 9:00 dan 22:00 gacha uzaytirildi. UZ24’ning xabar berishicha, belgilangan vaqt davomida ayirboshlash shoxobchasi tushlik tanaffusi uchun yopilmaydi.
Mehmonxonalar, aeroportlar va temiryo‘l vokzallarida joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari esa tun-u kun — 24 soat, tanaffussiz ishlaydi.
O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab jismoniy shaxslar — O‘zbekiston rezidentlari valyuta ayirboshlash shoxobchalarida valyutani erkin sotish va tijorat banklarining konversion bo‘limlarida xalqaro to‘lov kartasiga tushirish yo‘li bilan valyuta sotib olishi mumkin bo‘ldi.
Shuningdek, 5-sentabrdan Markaziy bank tomonidan AQSh dollarining so‘mga nisbatan erkin konvertatsiya qilinadigan kursi o‘rnatildi. U 1 AQSh dollari uchun 8100 so‘mga teng.
Izoh (0)