IShID terrorchi guruhi rahbariyati Yevropa va Buyuk Britaniyada yangi teraktlar tayyorlamoqda. Bu haqda kurd ko‘ngilli otryadlari razvedka rahbari Laxur Talaboniy bayonot berdi, deb xabar qiladi The Telegraph.
Uning so‘zlariga qaraganda, IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy hali tirik bo‘lib, u o‘ziga sadoqatli jangarilari bilan birga Suriya va Iroq chegarasidagi cho‘lda yashirinib yuribdi. Aynan uning shtabi yangi terakt rejalarini tuzmoqda.
“Biz G‘arbga yanada ko‘proq hujumlar uyushtirilishini kutmoqdamiz. Bu hujumlar og‘ir yo‘qotishlarga uchragan jangarilarning ruhini ko‘tarishi kerak”, — ogohlantirdi Talaboniy.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)