Amerikaning qator mamlakatlariga yaqinlashayotgan “Irma” to‘foniga AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivankaning nomini berish so‘ralgan petitsiya mashhur petitsiya saytlaridan birida paydo bo‘ldi. Bugungi kunga qadar petitsiyani 6 ming kishi imzoladi, deb xabar beradi “TASS”.
Tashabbus mualliflari buni ko‘plab amerikaliklar Tramp ma’muriyatining iqlim o‘zgarishi sohasidagi siyosatidan noroziligi bilan tushuntirmoqda. Ularning fikricha, global isish to‘fonlarning vayronkor oqibatlarini kuchaytirmoqda, bunga “Xarvi” yaqqol misol bo‘ladi. Uning oqibatida Texas shtatida kamida 70 kishi halok bo‘ldi.
Petitsiyada aytilishicha, Oq Uy iqlimiy muammolarga qarshi kurashish o‘rniga ularni kuchaytirmoqda.
Izoh (0)