Rossiyaning Buryatiya respublikasi markazi — Ulan-Ude sudi to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosining hibsda tutib turish muddatini 2017-yil noyabrigacha uzaytirdi. Bu haqda “Teleinform” agentligi ma’lum qildi.
Aytilishicha, Ergashev, Shukraliyev va Ahmadaliyev familiyali shaxslar Ulan-Ude hamda respublika tumanlarida 11 marta chorva o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Ularning yana bir sherigi ilgariroq hibsga hukm qilingan edi.
2017-yilning mart–may oylarida qator tumanlarda chorva o‘g‘riligi holatlari qayd qilingan edi. Gap o‘nlab qo‘ylar va mollar haqida ketmoqda.
Ayblanuvchilar apellyatsiya shikoyatini kiritgan. Shikoyat qachon ko‘rib chiqilishi noma’lum.
Izoh (0)