Rossiya—2018 mundiali uchun harakat qilayotgan Janubiy Amerika mamlakatlari saralashning 16-turini yakunladi.
Mazkur turdan keyin urugvaylik futbolchilar Braziliyadan keyingi jamoaga aylanib oldi. Ular safarda Paragvay ustidan zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga qadar ikkinchi bo‘lib turgan Kolumbiya esa JCh chiptasini birinchi bo‘lib qo‘lga kiritgan Braziliyaga qarshi o‘yinda 2 ochko yo‘qotdi.
Argentina o‘zini-o‘zi “cho‘ktirishda” davom etmoqda. Lionel Messi vatandoshlari bu safar so‘nggi o‘rinda borayotgan va JChdan umidini uzib bo‘lgan Venesuelani taslim qila olmadi. Xuddi shuningdek, Chili ham umidsizlikka tushib ulgurgan Boliviyadan mag‘lubiyat qabul qilib oldi.
JCh — 2018. Saralash CONMEBOL. 16-tur 5-sentabr, seshanba
Izoh (0)