O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi JCh—2018 saralash uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berishdan bosh tortdi.Samvel Babayan matbuot anjumanida to‘liq ishtirok etmagani haqida tadbirda qatnashgan jurnalistlar Twitter’da yozib qoldirgan.
“Championat.asia”ning yozishicha, milliy terma jamoa bosh murabbiyi matbuot anjumaniga kirgan, o‘z fikrlarini bildirgan va jurnalistlarning savollariga javob bermay, zalni tark etgan. Jurnalistlar uni “pozor” (“sharmanda”) deya kuzatib qo‘yishgan.
Mavzuga doir: O‘zbekiston milliy termasi futbolchilari jurnalistlar oldiga chiqmadi. Ular stadionni “orqa eshik”dan tark etgan
https://twitter.com/Shef_uz/status/905122003870470144
Бабаян қочди
— Bek_Sohib (@Bek_Sohib) September 5, 2017
https://twitter.com/offside_uz/status/905122103107735552
Izoh (0)