Fransiya politsiyasi 6-sentabr kuni Parij chetidagi Viljyuif shahrida aksilterror operatsiyasini o‘tkazdi. Operatsiya chog‘ida ikki kishi hibsga olindi, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, operatsiya oldindan olingan ma’lumotlar tufayli o‘tkazilgan. Ushlanganlar bomba tayyorlashni rejalashtirgani aytilmoqda.
Viljyuifdagi uylardan birida ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullangan usta politsiyaga bu yerda shubhali ishlarni payqaganini xabar qilgan. Shundan so‘ng politsiya reyd uyushtirib, uyda istiqomat qiluvchilarni qo‘lga olgan.
Tintuv chog‘ida bomba tayyorlash uchun kerakli komponentlar topilgan.
Izoh (0)