Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat tashqi ishlar vaziri AQSh bilan sudlashishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bir muddat ilgari Rossiyaning San-Fransiskodagi bosh konsulligi binosining bir qismi musodara qilingan edi. Prezident bu voqeaga izoh berib o‘tdi.
“Tashqi ishlar vazirligiga sudga murojaat etishni tavsiya qilaman. AQShning maqtalgan sud tizimi qanday ishlashini ko‘ramiz”, — dedi Putin.
Ayni paytda bosh konsullikning xizmat qismi AQSh politsiyasi tomonidan o‘rab olingani ma’lum.
Izoh (0)