Moskva sudi Sankt-Peterburg metrosidagi terakt ijrochisi hisoblanayotgan Abror Azimov 17-dekabrgacha hibsda tutib turilishini belgiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Sud qaroriga ko‘ra, tergov organlarining da’vosi qoniqtirilishi lozim... Ayblanuvchi Azimovning hibsga tutib turilish muxlatini 17-dekabrgacha uzaytirish belgilansin”, — deyiladi sudya Nataliya Dudar chiqargan hukmda.
Azimovning ukasi Akrom 19-dekabrga qadar hibsda saqlanadigan bo‘ldi. Yana uchun gumondor —Bahrom Ergashev, A’zamjon Mahmudov va Shohista Karimova 6-dekabrgacha, Muhammadyusup Ermatov 10-dekabrgacha, Muhammadyusuf Mirzaalimov esa 26-dekabrgacha hibsga ushlab turiladi.
Izoh (0)