Bugun — 5-sentabr kuni Rossiya—2018 mundiali uchun harakat qilayotgan Osiyo mamlakatlari saralashning so‘nggi turida maydonga tushadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi joy olgan “A” guruhidagi uch uchrashuv bir vaqtda start oladi. Bu Toshkent vaqti bilan 20:00 ga to‘g‘ri keladi.
JCh—2018. Saralash “A” guruhi. 10-tur 5-sentabr, seshanba
Qatar — Xitoy — 20:00Eron — Suriya — 20:00O‘zbekiston — Janubiy Koreya — 20:00
“B” guruhidagi uch o‘yin esa turli vaqtlarda start oladi. Mazkur zonada Yaponiyaning JChga yo‘l olib bo‘lgani aniq. 2-yo‘llanma uchun asosan Saudiya va Avstraliya kurash olib bormoqda. Nazariy jihatdan BAA termasida ham 3-o‘rin uchun imkoniyat boy.
JCh—2018. Saralash “B” guruhi. 10-tur 5-sentabr, seshanba
Avstraliya — Tailand — 15:00Iroq — BAA — 19:00Saudiya — Yaponiya — 22:30
Izoh (0)