Suriya armiyasi jangchilari 5-sentabrda Dayr az-Zavr shahrida 28 oydan buyon terrorchilar qamalida qolib ketgan garnizon oldiga yorib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda, SANA davlat axborot agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Suriya zirhli texnikasi qurollangan qo‘shilmalar ko‘magida qamalni yorib o‘tgan hamda mamlakat qurolli kuchlarining 137-brigadasiga yordamga borgan. Ushbu qism uzoq vaqtdan buyon Dayr az-Zavrda terrorchilarga qarshilik ko‘rsatib kelayotgan edi.
Ayni paytda harbiylar baza bilan aloqani ushlab turish uchun bir necha koridorlar yaratishga erishdi.
Endilikda hukumat qo‘shinlari terrorchilar tomonidan bloklab qo‘yilgan Dayr az-Zavr harbiy aerodromi tomon yurish qilishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)