Suriyadagi Dayr az-Zavr shahri aholisi uch yil davom etgan qamalning hukumat qo‘shinlari tomonidan yorib o‘tilganini nishonlash maqsadida ko‘chalarga chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq hukumat qo‘shinlari terrorchilarning 28 oy davom etgan qamalini yorib o‘tib, shaharda joylashgan va uzoq yillar davomida qamalda bo‘lgan 137-mexanizatsiyalashgan brigadaga yordamga yetib kelgani ma’lum bo‘lgan edi.
“Odamlar ko‘chalarga chiqib, IShID ustidan g‘alabani nishonlay boshladi. Ular armiyaga minnatdorlik bildirmoqda hamda qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini aytmoqda”, — ma’lum qildi agentlikning suhbatdoshi.
Aytilishicha, yaratilgan koridor bo‘yicha 137-brigadaga ko‘mak sifatida zirhli texnika hamda qo‘shimcha armiya kuchlari, shuningdek, ittifoqchi kuchlar jangchilari yuborilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)