Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyeva mamlakat Senatining xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi etib qaytadan saylandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Senat raisi Qosim-Jo‘mart To‘qayevning so‘zlariga qaraganda, ochiq ovoz berish palataning plenar yig‘ilishida bo‘lib o‘tgan.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra boshqa qo‘mitalar raislari ham saylangan. Jumladan, konstitutsion qonunchilik, sud tizimi va huquq-tartibot organlari bo‘yicha qo‘mita raisi etib Olga Perepechina, iqtisodiy siyosat, innovatsion rivojlanish va tadbirkorlik bo‘yicha qo‘mita raisi etib Asqar Beysenboyev, ijtimoiy-madaniy rivojlanish va fan qo‘mitasi raisi etib Birg‘anim Aytimova saylangan.
Izoh (0)