Britaniya qirolichasi va uning oilasi hayoti nafaqat turli-tuman imtiyozlar, balki ko‘p sonli qoidalar, cheklovlar va majburiyatlardan iborat.
AdMe to‘qqizta ana shunday qoida va Yelizaveta II ning qaysi qarindoshlari ana shu qoidalarni buzishga jazm qilganligi haqida hikoya qiladi.
Kichkina shahzodalar doim shorti kiyadi
Yaqinda internet foydalanuvchilari nega shahzoda Jorj har qanday ob-havoda shorti kiyishi haqidagi savolni muhokama qildi. Sababi oddiy: Yevropaning yuqori jamiyati azaldan shimlarni erkaklar kiyishi, o‘g‘il bolalar esa uncha “jiddiy” bo‘lmagan kiyim kiyishi lozim deb hisoblaydi. Bu qoida ular sakkiz yoshga to‘lguncha amal qiladi.
Saylash huquqidan voz kechish
Qirollik oilasini saylash huquqidan mahrum qiluvchi qonun mavjud emas. Ya’ni ular ovoz berish jarayonlarida ishtirok etishi mumkin, biroq ular u yoki bu nomzodga noxolis munosabatda ayblanmaslik uchun bunday qilmaslikni ma’qul ko‘radi. Qiziq, qirolicha yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlarda yangi bosh vazir Tereza Mey uchun ovoz bergan bo‘lardimi?
Qora rangni faqat motam marosimlarida kiyish mumkin
Ko‘pchilik uchun kundalik rang hisoblangan qora rang qirollik oilasi uchun faqat motam rangi hisoblanadi. Shuning uchun shahzoda Uilyamning rafiqasini qora ko‘ylakda ko‘rishingiz ehtimoldan yiroq. Biroq uning onasi, malika Diana bu qoidani buzishga jazm qilgan.
1994-yilda shahzoda Charlz bilan qonuniy nikohda bo‘lgan malika Diana Serpentayn galereyasidagi ziyofatda ajoyib qora ko‘ylakda paydo bo‘ldi. Bu libos keyinchalik “qasos ko‘ylagi” deb nom oldi, chunki aynan shu kunda Uels shahzodasi Kamilla Parker-Boulz bilan ko‘p yillik munosabatlari haqida ommaga ma’lum qildi.
Mollyuskalarni yeyish tavsiya etilmaydi
Sog‘lik haqidagi qoidalar to‘plamida qirolicha va uning qarindoshlariga mollyuskalarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Ehtimol, ular midii va ustritsalar o‘zida to‘plashi mumkin bo‘lgan zaharli moddalar tufayli xavfli hisoblanar. Odatda ushbu qoida buzilmaydi, biroq bu borada chahzoda Charlz boshqalardan ajralib, Ustritsalar festivaliga bordi. Boshqa ba’zi mahsulotlar ham iste’mol uchun tavsiya etilmaydi. Yaxshiyamki, muzqaymoq bu ro‘yxatda yo‘q.
Taxt merosxo‘rlarining birga sayohat qilishi mumkin emas
Bu vaziyatda barchasi mantiqiy: afsuski, samolyotlar ba’zan qulaydi, poyezdlar to‘qnashadi, kemalar esa cho‘kadi. Ikki taxt merosxo‘ridan bir paytning o‘zida mahrum bo‘lish ikki karra daxshatli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Charlz va Uilyamning odatiy ota-bola kabi sayohatga chiqishi ehtimoli juda kam.
Avtograf berilmaydi
Britaniya qirollik oilasi muxlislariga xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘ladi, rasmiy uchrashuvlarda ular bilan mamnuniyat bilan suhbatlashadi, biroq ularga avtograf bermaydi. Norasmiy hujjatlardan boshqa joyga imzo qo‘yish ular uchun xavfli hisoblanadi. Biroq bunda ham shahzoda Charlz boshqalardan ajralib turdi: 2010-yilda u Kornuolldagi suv toshqini qurbonlaridan biri uchun “Charlz 2010” ko‘rinishidagi soxta avtograf qoldirdi.
Anglikan e’tiqodidan boshqa dinga itoat qilish mumkin emas
Ma’lumki, Buyuk Britaniyada monarx anglikan cherkovi boshlig‘i ham hisoblanadi, shuning uchun uning boshqa dinga e’tiqod qilishi bir muncha g‘alati bo‘lgan bo‘lardi. Avval qirollik oilasi a’zolarining boshqa din vakillari bilan nikohdan o‘tishi ham taqiqlangan edi, biroq 2011-yilda bu taqiq olib tashlandi.
Mo‘ynali liboslar kiyish — yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan hasham
Qoidalarga ko‘ra, hasham boshqalarning g‘ashini keltiradigan bo‘lmasligi lozim. Shuning uchun protokol qirolicha va uning qarindoshlariga omma oldida mo‘ynali kiyimlarda ko‘rinish berishni tavsiya qilmaydi. Bunday holatlardan biri qirolichaning 1994-yilda Rossiyaga tashrifi chog‘ida yuz bergan edi (chapdagi surat). Mazkur tavsiya faqat mo‘ynali paltolarga taalluqli, mo‘ynali yoqalar va bosh kiyimlarni bemalol kiyish mumkin.
Qirollik oilasi a’zolari Rojdestvoni birga o‘tkazishi lozim
Qirollik oilasi har bir Rojdestvoni Norfolkdagi Sandringem saroyida birga o‘tkazadi. Ular oilaviy bayramlar suratlarini bo‘lishishni ma’qul ko‘rmaydi, biroq Madam Tyusso muzeyi bu qanday bo‘lishi mumkinligini tasavvur qildi.
Izoh (0)