Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri yaqinida to‘lqin 9 metrli bukri kit bolasini sohilga chiqarib tashladi, deb yozadi “Naukatv.ru”.
Mahalliy hukumat va ko‘ngillilar bir necha soatlar davomida uni dengizga qaytarishga urindi. Xabar berilishicha, jonivorni qutqarish operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tgan.
Operatsiyada 300 ga yaqin kishi qatnashdi. Ekspertlar aytishicha, kit bolasi suv qaytayotgan paytda tasodifan onasidan ajralib ketgan.
Izoh (0)