Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Bloomberg agentligining Iqtisodiyotni rivojlantirish vaziri Maksim Oreshkin “Putinning favoriti” ekanligi haqidagi maqolasiga izoh berdi, deb yozadi “RBK”.
Peskovning aytishicha, u “vaziyat bo‘yicha Bloomberg’dek keng bilimga ega emas”, shu tufayli baho bera olmaydi. “Sodda qilib aytganda, bunday ma’lumotlar qayerdan oqib kelayotgani menga tushunarsiz”, — deya xulosa qildi u.
Bloomberg’ning 25-avgustdagi maqolasida “Putinning fikrlash tarzi bilan tanish bo‘lgan” uch manbaga tayanib, Rossiya yetakchisi o‘z favoritini tanlagani, u hokimiyat oliy eshelonlarining boshqa vakillariga qaraganda kattaroq siyosiy vaznga ega Maksim Oreshkin ekanligi aytilgan edi. Bloomberg suhbatdoshlari o‘z axborotini shu bilan tasdiqladiki, aynan Oreshkin Rossiya prezidentining AQSh prezidenti bilan Gamburgdagi G20 sammitida bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvi tafsilotlarini fosh qilgan edi.
Maksim Oreshkin esa OAVlarning u prezident favoriti ekanligi haqidagi xabarlariga javoban, shunchaki “o‘z ishini bajargani”ni ma’lum qildi.
Izoh (0)