Britaniya politsiyasi o‘tgan hafta Bukingem saroyi yaqinida 1,2 metr uzunlikdagi qilich bilan qo‘lga tushgan erkakni terrorchilikda aybladi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Lutonda istiqomat qiluvchi 26 yoshli Moxyussunnat Chudxari bir necha kundan so‘ng Vestminster magistratlik sudi oldida javob beradi.
25-avgustning kechki soatlarida erkak Bukingem saroyi yaqinidagi taqiqlangan yerda mashinasini qo‘yib ketgan edi. Shu atrofda turgan politsiya mashinasi ichidagi huquq-tartibot xodimlari buni payqab, uni to‘xtatishga urindi. Erkak ikki marta “Allohu akbar”” deb qichqirib, avtomobil tomon yugurdi. Mashina ichida qilich bo‘lgani, Chudxari uni olishga uringani aniqlandi.
Politsiyachilar ko‘zni yoshlantiruvchi gaz yordamida uni zararsizlantirib, qo‘lga oldi.
Izoh (0)