O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Aleksandr Lobanov Xitoyga jo‘nab ketish oldidan “Erudit Sport” nashriga qisqa intervyu berdi va unda mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga to‘liq ishonishini aytdi.
Server Jeparov: Oldindagi har ikki o‘yinda ham g‘olib chiqishimizga ishonyapman
Jahon Chempionatiga chiqa olishimizga men 100 foiz ishonayapman! Ishonch bo‘lmasa, ming tayyorgarlik ko‘rmang, hech qanday naf yo‘q. Shu bois barchamiz o‘zimizga ishonib, maqsad sari olg‘a intilishda davom etamiz.Intervyu davomida darvozabon O‘zbekiston termasining bo‘lajak raqiblari haqida ham to‘xtalib o‘tgan.Muxlislarga aytar so‘zim bor, ular ham Jahon Chempionatiga chiqishimizga ishonishsin, bizni hayotda ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham qo‘llab-quvvatlashsin. Biz bir jamoa bo‘lsak, albatta niyatimizga yetishamiz.
Aleksandr Lobanov, O‘zbekiston termasi posboni
Xitoyni Toshkentda nisbatan osonlik bilan mag‘lub etgan bo‘lsak-da, ular o‘z uyida har qanday raqibga qarshi jiddiy kurash olib boradi. Bu jamoaning kuchi texnik yoki taktik futbolida emas, ularning kuchi o‘z vatani sha’ni uchun maydonda “jang” qila olishida. Xitoy g‘alaba uchun bor kuchini sarf etishi aniq.Janubiy Koreyaning qanday kuchga ega ekanini barcha yaxshi biladi. Oldimizdagi ikki o‘yin Jahon Chempionati yo‘llanmasini taqdim etar ekan, Xitoy bo‘ladimi, Koreyami, Ispaniya yo Argentinami, biz har qanday holatda ham 200 foiz kuch bilan tayyorgarlik ko‘rib, g‘alaba bilan azaliy orzumizga yetishimiz shart! Bu ikki o‘yin biz futbolchilar uchun ham faoliyatimizdagi eng muhimi bo‘ladi.
Aleksandr Lobanov, O‘zbekiston termasi posboni
Izoh (0)