“Bivshaya” (“Sobiq”) Telegram-kanalining sohibi, stendap-komik Artur Chaparyan uni 1,2 million rublga sotdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Chaparyanning so‘zlariga qaraganda, u kanal yuritishdan charchagan va pulni tanlagan.
Chaparyan qariyb uch oy ichida reklamadan million rubldan kamroq pul topganini aniqlashtirib o‘tdi.
Kanalni Yura Korb ismli kishi sotib oldi. U Telegram’dagi kanallarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Unga 95 ming obunachisi bor “Ingliz tili” kanali tegishlidir.
Izoh (0)