AQShning Texas shtatiga yopirilgan “Xarvi” to‘foni qurbonlari soni 30 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
13 mingdan ortiq kishi qutqarib qolindi. Ular oldin evakuatsiya qilinganlar bilan birga maxsus jihozlangan markazlarga joylashtirilmoqda. Bunday boshpanalar, jumladan, Xyustondagi yirik anjumanlar saroyi va sport majmuida tashkil etildi. Saroy odamlar bilan to‘lgani, unga 10 mingdan ortiq odam joylashtirilgani bildirilmoqda.
Shahar meri Silvestr Terner rasmiylar tez orada yana bir necha shunday markaz ochishini bildirdi. Toshqinlardan jabrlangan hududlardagi boshpanalarda evakuatsiya qilingan 20 mingdan oshiq kishi jon saqlamoqda.
Yaqin sutkalar mobaynida to‘fon Luiziana shtatiga ko‘chishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, avvalroq 14 to‘fon natijasida 14 kishi vafot etgani xabar qilingandi.
Izoh (0)