Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon “Urf-odat va an’analarni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgarishlarni ma’qulladi. Qonun kuchga kirdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ilgariroq o‘zgartishlarni parlament quyi palatasi qabul qilgan edi. Yangi me’yorga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslar milliy madaniyat atributlariga rioya etishi, davlat tilini bilishi va milliy libosda yurishi shart. Ushbu holatning buzilishi uchun jazo ko‘zda tutilgan.
Mahalliy ekspertlarning fikricha, ushbu qonunning qabul qilinishi bilan mamlakatda boshlangan hijobga qarshi kampaniya yanada kuchaytiriladi.
Ammo Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi vakillarining bildirishicha, hukumat hijobga qarshi emas, “yot”, yarim yalang‘och liboslarga qarshi kurash boshlangan.
Izoh (0)