O‘zbekiston Rossiya noxomashyo va noenergetik eksporti uchun eng maftunkor davlatga aylandi. Buni Rossiya eksport markazi ma’lumotlari ko‘rsatmoqda.
Ikkinchi o‘rinda Polsha, uchinchi o‘rinad Germaniya turibdi. Kuchli beshlikka Turkiya va Hindiston kirdi.
Ro‘yxatda jami 135 mamlakat bo‘lib, uning oxirida Kongo, Papua-Novaya Gvineya, Paragvay, Venesuela va Zimbabve kabi davlatlar turibdi.
Reyting tuzishda 14 ko‘rsatkich inobatga olindi. Ular orasida — Rossiya importi, transport qulayligi, savdo ittifoqlaridagi ishtirok, notarif cheklovlar, YAIM o‘sish sur’atlari, bojxona tarifi va boshqalar.
Izoh (0)