Italiyada qonuniy asosda yashayotgan muhojirlar jinoiy tashkilotlardan musodara qilingan uylarda yashay boshlaydi. Bu taklif bilan mamlakat IIV chiqdi, deb xabar beradi “TASS”.
Vazirlik ushbu taklifni amalga oshirishning texnik tomonlarini ko‘rib chiqmoqda.
Bir hafta muqaddam politsiya Rim markazidagi Termini markaziy vokzali yaqinidagi bo‘sh binolardan birida o‘rnashgan muhojirlarni quvib chiqargan edi. Ushbu voqea jamoatchilik orasida keskin muhokamalarni va janjallarni keltirib chiqardi. Shundan so‘ng muhojirlarni mafiyadan tortib olingan uylarda joylashtirishga qaror qilindi.
Tilga olingan bino 2013-yili Somali va Eritreyadan ko‘chib kelgan 100 ga yaqin muhojir oila tomonidan egallangan edi. 2015-yili sud ularning joylashuvini “noqonuniy okkupatsiya” deb tan olib, muhojirlarni quvib chiqarishga qaror berdi.
Izoh (0)