Suriya armiyasi mamlakat markazidagi Dayr az-Zavr shahriga yurishni boshladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Xoms viloyatining sharqiy qismida IShID guruhi anklavi yo‘q qilinganidan so‘ng Suriya hukumat qo‘shinlari uchun Dayr az-Zavrga yo‘l ochildi.
Xususan, endilikda Suriya qo‘mondonligi operatsiyada Respublika gvardiyasi va bir qator yangi ko‘ngilli qo‘shilmalardan foydalanishi mumkin.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)