Mustaqillik bayrami arafasida Buxoro viloyati Qorako‘l tumani markazidagi dehqon bozori rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bozorda umumiy qiymati 7,1 milliard so‘mlik loyiha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tuman bo‘limi krediti, tadbirkor va homiylar mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.
Dehqon bozoridan 200 rasta, go‘sht, sut, non va non mahsulotlari, quruq meva va turli shirinliklar pavilonlari o‘rin olgan. Ikki qavatli 14 do‘kon ham qurilib, savdo shoxobchalari soni 69 taga yetdi.
Dehqon bozori yonida har biri 200 mashinaga mo‘ljallangan 2 avtoturargoh qurilishi ham boshlab yuborildi.
Izoh (0)