IShID terrorchi guruhi vakillari Rossiyaning Dog‘iston respublikasida politsiyachilarga uyushtirilgan hujum guruh tomonidan tashkil etilgani haqida bayonot berdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Terrorchilarga bo‘ysunuvchi Amaq axborot agentligi guruhning bayonotini 28-avgust kuni tarqatdi.
28-avgust kuni ertalab Dog‘istonning Kaspiysk shahrida IIV xodimlari mashinaga yoqilg‘i quyayotganida ularga hujum uyushtirildi. Bir politsiyachi halok bo‘ldi, bir nafari yaralandi.
Javob o‘ti bilan ikki jangari yo‘q qilindi. Ayni paytda ularning shaxsi aniqlanmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)