Hindistondagi “Dera Sasha Sauda” diniy oqimi yetakchisi Ram Rahim Singx tashkilotiga a’zo ikki qizni zo‘rlaganlikda ayblanib, 20 yilga qamaldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Hukm oldidan “Dera Sasha Sauda” faollari tarafdorlariga murojaat qilib, sud hukmini tinchlik va murosa bilan qabul qilishga chaqirdi.
Shunga qaramay, yetakchining tarafdorlari ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqardi.
Hukm Ram Rahim Singx saqlanayotgan qamoqxonada o‘qildi. Sudya u yerga vertolyotda yetkazildi. Qamoqxonada tartibni armiya va politsiya ta’minlab turdi.
Panchkula va Sirsa shaharlaridagi ommaviy tartibsizliklarda 250 kishi yaralandi, 38 kishi halok bo‘ldi.
“Dera Sasha Sauda” oqimining o‘n millionlab tarafdorlari bor.
Izoh (0)