KXDR vaziyatdan bundan yomon ahvolga kelishidan, uning xatti-harakatlari oqibatida Koreya yarim orolida chinakam ixtilof kelib chiqishidan cho‘chimoqda, shu bois u muloqotga tayyorligini namoyon etmoqda. Bu haqda, Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyatidagi manbalariga tayanib, Yonhap agentligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bugungi vaziyat strategik provokatsiyalarga aloqador emasligi ko‘rinib turibdi”, — dedi nomi tilga olinmagan manba, KXDR o‘tkazgan raketa sinovlarini nazarda tutarkan.
AQSh harbiylarining ma’lumotlariga qaraganda, o‘shanda yaqin masofali uch ballistik raketa uchirilgan, ammo Janubiy Koreya yangi yalpi o‘t ochish reaktiv tizimidan uchirilgan uch snaryad haqida taxminlarni ilgari surmoqda.
Izoh (0)