O‘zbekiston va Qirg‘iziston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv mezbonlarning yirik — 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.
Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tgan uchrashuvga na OAV xodimlari va na muxlislar qo‘yildi. Uchrashuv yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limda Sardor Rashidov va Igor Sergeyev raqib darvozasiga yo‘l topgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim yakuniga 10 daqiqa qolganida Samvel Babayan jamoasi yana 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi 31-avgust kuni Xitoy termasiga qarshi safar o‘yinida ishtirok etadi. 5-sentabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreyani qabul qiladi. Mazkur ikki uchrashuv JCh—2018 masalasini hal qilib beradi.
Mashg‘ulot o‘yini “Bunyodkor” stadioni 25-avgust, juma
O‘zbekiston — Qirg‘iziston 5:0
Gollar: Sardor Rashidov, 9 (1:0). Igor Sergeyev, 43 (2:0). Sardor Mirzayev, 84 (3:0). Jaloliddin Masharipov, 90 (4:0). Aleksandr Geynrix, 90 (5:0).O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov (Aleksandr Lobanov, 74) — Farrux Sayfiyev (Vladimir Kozak), Anzur Ismoilov (Davron Hoshimov), Yegor Krimets (Sherzod A’zamov), Islom To‘xtaxo‘jayev (Akmal Shorahmedov), Otabek Shukurov (Aziz G‘aniyev), Aziz Haydarov (Jamshid Iskanderov), Server Jeparov (Aleksandr Geynrix), Sardor Rashidov (Sardor Mirzayev), Igor Sergeyev, Marat Bikmayev (Jaloliddin Masharipov).
Izoh (0)