Suriya radiatsion, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari mamlakatdagi oxirgi ikkita kimyoviy obyektni yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Operatsiya hujjatlari xalqaro tashkilot ekspertlariga taqdim etiladi.
BMT ko‘magida o‘tkazilgan operatsiyalan ko‘zlangan asosiy maqsad 27 ta obyektni yo‘q qilish edi. Shulardan 25 tasi oldinroq yo‘q qilingan edi.
Oxirgi ikkita obyekt jangarilar nazorati ostidagi hududda joylashgan edi. Ushbu hududlarning ozod qilinishi operatsiyani yakunlash imkonini berdi.
Izoh (0)