Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni Prezidentning rasmiy saytida keltirildi.
Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 1-avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 24-avgustda ma’qullangan.
Unga ko‘ra, dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni etib belgilandi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh (0)