Gretsiyaning Yevroittifoq bo‘yicha hamkorlari 2017-yil martidan so‘ng boshpana so‘rab murojaat qilgan qochqinlarni Gretsiya hududiga qaytarib yubormoqda. Bu haqda, The Guardian nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Germaniyaning o‘zi Gretsiyaga muhojirlarni qaytarish bo‘yicha 400 ga yaqin so‘rov yuborgan. Bunday murojaatlar Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Norvegiya va Fransiyadan ham borgan.
“Hujjatlarni rasmiylashtirish boshlandi. Keyingi oy davomida birinchi qochqinlarning qaytishini kutyapmiz”, — dedi Gretsiya migratsion siyosat vaziri Yannis Muzalas.
O‘z navbatida, u Gretsiya shu paytga qadar ulkan miqdorda qochqinlarni qabul qilib olganini, ularning soni yanada ortishi iqtisodiyoti zaif ushbu mamlakat uchun chinakam fojiaga aylanishini tan oldi.
Izoh (0)