Buyuk Britaniya tashqish ishlar vazirligi adashib Yevropa Ittifoqi davlatlarining yuzlab fuqarolariga deportatsiya haqida ogohlantirish yubordi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bir muddatdan so‘ng idora xatosi uchun uzr so‘radi. Xatolik qurboni bo‘lgan finlyandiyalik o‘qituvchi Eva Yoxanna Xolmberg Facebook orqali bu haqda birinchi bo‘lib xabar qildi.
Ayol o‘n yildan buyon Buyuk Britaniyada istiqomat qiladi. U britaniyalik erkak bilan turmush qurgan. Shu bois TIVdan bir oy ichida mamlakatni tark etish talabi kelgani uni hayratlantirdi. U ijtimoiy tarmoqda bu haqda yozdi.
Internetdagi muhokamalardan so‘ng vazirlik o‘z xatosi uchun barchadan uzr so‘radi.
Izoh (0)