Ispaniya fuqarolik gvardiyasi xodimlari birlashgan uyushmasi va politsiyachilar ittifoqi qo‘shma bayonot tayyorlab, unda Kataloniya huquq-tartibot organlari ularni teraktlarni taftish qilishga aralashtirmayotganini bildirib o‘tdi. Bu haqda El Pais xabar bermoqda.
Bayonotda bildirilishicha, kataloniyaliklarning bunday xatti-harakatlari siyosiy sababga ega. Barselonadagi terrorchilik hujumlari taftishini Ispaniya politsiyasi yoki fuqarolik gvardiyasi olib borishi lozimligiga qaramay, mintaqaviy ma’muriyat amalda bunga yo‘l qo‘ymayapti.
“Bu bitta maqsad bilan amalga oshirilmoqda: Kataloniya — alohida davlatligi tashqi dunyoga ko‘rsatish maqsadida”, — qayd qilinadi hujjatda.
Murojaat mualliflari Ispaniya siyosiy yetakchilarini mintaqaviy hokimiyatni bo‘sh qo‘ygani bunga sabab bo‘layotganini alohida qayd qilib o‘tdi.
Izoh (0)