Germaniya politsiyasi AQSh prezidenti Donald Trampning boshi shaklidagi besh mingta ekstazi tabletkalarini musodara qildi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Tabletkalarning bir tomonida Trampning boshi tasvirlangan, boshqa tomonidan uning familiyasi yozilib, yulduzlar va №1 raqami bilan bezatilgan
Narkotiklar Osnabryuk shahri (Quyi Saksoniya yeri) politsiyasi tomonidan furgon tekshirilayotganida aniqlandi. Furgon ichida 51 yoshli Avstriya fuqarosi va uning 17 yoshli o‘g‘li bor edi. Ular Germaniyaga Niderlandiyadan kirib kelgan bo‘lib, narkotiklar o‘sha yerdan yetkazilgani taxmin qilinmoqda.
Musodara qilingan yukning umumiy qiymati 47 ming dollarga baholanmoqda.
Furgonda bo‘lgan ota-o‘g‘il hibsga olindi.
Izoh (0)