Isroil poliysiyasi oxirgi haftalar ichida ikki falastinlikni o‘ldirdi, 150 dan ortig‘ini yaraladi. Bu haqda BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha Xavfsizlik Kengashiga Yaqin Sharq haqida hisobot berayotgan paytda aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, falastinliklar o‘z navbatida to‘rt nafar isroillikni yaralagan bo‘lib, ular orasida bir nafar tinch fuqaro ham bor.
Shuningdek, Yencha 8-avgust kuni Isroilning G‘azo sektori tomonidan raketalardan o‘qqa tutilishi hamda HAMASga javoban berilgan zarbalarga e’tibor qaratdi. U bunday voqealar tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga putur yetkazayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)