AQSh butun Rossiya bo‘ylab noimmigratsion vizalarni taqdim etishni to‘xtatadi. Bu haqda Amerika elchixonasining saytiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“AQSh Rossiyaning mamlakatda Amerika diplomatik missiyasi xodimlari sonini qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlari sabab, 2017-yilning 23-avgustidan boshlab butun Rossiya hududida noimmigratsion vizalarni taqdim etish jarayonini to‘xtatadi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, 2017-yilning 1-sentabridan boshlab viza berish jarayoni Moskvada qayta tiklanadi. Boshqa hududlarda esa qancha muddatga to‘xtatilgani noma’lum.
Ta’kidlanishicha, avvalroq bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan suhbatlar bekor qilinadi.
Izoh (0)