Damashqda xalqaro savdo yarmarkasi pavilyoni yaqinida raketa qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi yaralandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Suriyaning rasmiy OAVlari portlash ro‘y berganini tasdiqladi, biroq halok bo‘lganlar soni va talofatlar haqidagi boshqa tafsilotlarni keltirmadi.
Urushga qadar har yili o‘tkazib kelingan Damashq xalqaro savdo yarmakasi 2011-yildan beri ilk bor o‘z faoliyatini boshlagandi. Unda 40 dan ortiq davlat vakillari ishtiroki kutilayotgandi.
Izoh (0)