AQShning Missuri shtati senati a’zosi Mariya Cheppel-Nadal Facebook’da prezident Donald Trampga yaqin orada suiqasd uyushtirilishiga umid qilingan sharh qoldirgani uchun kechirim so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Kelgusida hech qachon bunga o‘xshash xatoni takrorlamayman. Yetarlicha saboq oldim. Prezident Tramp, siz va oilangizdan uzr so‘rayman. Biroq lavozimimni tark etish niyatida emasman va o‘zim muhim deb bilan narsalar uchun kurashishda davom etaman”, — ta’kidladi senator.
Missuri gubernatori, shtat qonunchilik yig‘inidagi demokratlar va respublikachilar yetakchilari Cheppell-Nadalni iste’fo berishga chaqirdi.
Uning o‘zi mazkur izoh Trampning Sharlotsvilldagi voqealarga munosabati bilan bog‘liq ekanligini bildirdi.
Izoh (0)