Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning boshqa mamlakatlar ishlariga aralashishga urinishi javobsiz qolmaydi. Bu haqda Avstriya tashqi ishlar vaziri Sebastyan Kurs Die Welt nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Kursning fikricha, Turkiya yetakchisi Yevropa mamlakatlarida istiqomat qiluvchi turklarga murojaat qilib, ushbu mamlakatlardagi vaziyatga ta’sir o‘tkazishga urinmoqda.
“Erdo‘g‘onning doimiy ravishda boshqa mamlakatlar ishlariga aralashuvi, bu esa faqat Germaniyada ro‘y bermayapti, buni qabul qilib bo‘lmaydi”, — dedi u.
Kursning fikricha, bu bilan Erdo‘g‘on Turkiyadagi ixtilofni Yevroittifoqqa ko‘chirishga urinmoqda.
Oldinroq Erdo‘g‘on Germaniyada istiqomat qiluvchi turklarga murojaat etib, ularni Merkelga ovoz bermaslikka chaqirgan edi.
Izoh (0)