Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari vakillari bilan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida jazodan ozod qilingan shaxslar bilan ishlash masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Prezidentning rasmiy saytida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazish, ma’muriy nazorat yuritish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu boradagi ishlarda ham ayrim oqsoqliklar ko‘zga tashlanmoqda. Mamlakat bo‘yicha 12 mingga yaqin ma’muriy nazorat o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan shaxslardan 6377 nafariga bunday chora ko‘rilmagan. Holbuki, mana shunday chora ularning ertaga yana jinoyatchilik va huquqbuzarlik yo‘liga kirib ketmasligiga kafolat bo‘lib xizmat qiladi.
Davlat rahbari xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, jamiyatda, ayniqsa, yoshlar orasida yot g‘oyalar tarqalishi kabi xavf-xatar va tahdidlar mutasaddi idoralar tomonidan o‘z vaqtida ularning oldini olish va chek qo‘yishga doir keskin chora-tadbirlar ko‘rishni talab etayotganini ta’kidladi.
Izoh (0)