HBO telekanalining Ispaniya bo‘limi “Taxtlar o‘yini” seriali yettinchi mavsumining navbatdagi qismini adashib to‘rt kun oldin e’lon qilib yubordi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Independent nashriga ko‘ra, telekanal obunachilari qismni to‘rt soat davomida ko‘chirib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ular skirshotlar olishga ulgurdi. Epizod, shuningdek, torrentlarda paydo bo‘ldi.
Serialning qismlari birinchi marta bu kabi adashib chiqarib yuborilishi emas. Jumladan, 2016-yil mayida HBO Nordic oltinchi mavsum qismlaridan birini rasmiy translyatsiyadan bir necha soat oldin chiqarib yuborgan edi.
Izoh (0)