Hindiston politsiyasi xodimlari “Taxtlar o‘yini” seriali epizodini muddatidan avval oshkor etishda gumon qilib, 4 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda AFP xabar bermoqda.
Qo‘lga olinganlar hali e’lon qilinmagan seriyalar bilan tanishish huquqiga ega kompaniya xodimlari hisoblanadi.
Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, ular serialning to‘rtinchi epizodini rasmiy premeradan avval tarmoqqa joylashtirgan.
Gumonlanuvchilar tekshiruv yakunlangunga qadar hibsda qolishi bildirilmoqda.
Izoh (0)