Aktyor, rejissor, ssenariynavis va prodyuser Ben Afflek 15-avgust kuni 45 yoshga to‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
U o‘z hamkasbi Leonardo di Kapriodan bir necha yosh kattaroq bo‘lsa-da, 90-yillar oxiridayoq o‘z “Oskar”ini qo‘lga kiritishga ulgurgan edi (“Aqlli Uill Xanting” filmi ssenariysi uchun Mett Deymon bilan bo‘lishib olgan). So‘ng Afflek prodyuser sifatida ham “Oskar” mukofotiga ega chiqdi (“Argo operatsiyasi” filmi uchun). Ayni paytgacha u to‘rtta filmga rejissorlik qilishga va 60 dan ortiq filmlarda aktyor sifatida qatnashishga ulgurgan.
Izoh (0)