Keniyaning Kisumu shahrida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari chog‘ida politsiyachilar olti oylik qizni urib o‘ldirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Samanta Pendo ismli qizaloq onasining qo‘lida jon bergan. Ularning uyiga namoyishchilarni qidirayotgan politsiyachilar bostirib kirgan.
Politsiyachilar Pendo oilasi vakillarini kaltaklagan, shuningdek, ularning uyida ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalangan.
Buning oqibatida olti oylik qizcha shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)