AQShga tegishli va KXDR tomonidan raketa uchirish bilan tahdid qilingan Guam orolida ikkita radiostansiya tasodifan favqulodda holatda ogohlantirish tizimini ishga tushirib yubordi. Bu haqda The Guardian gazetasiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 12:25 da halokat signali berilganidan so‘ng ba’zi radiotinglovchilar politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.
“Tahdid darajasi avvalgidek qolmoqda, biz odatdagidek harakat qilishda davom etyapmiz”, — deydi Guam gubernatorining ichki xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jorj Charfauros.
AQSh ichki xavfsizlik vazirligi hodisa xato sababli yuz berganini tasdiqladi va bunga o‘xshash hodisalar takrorlanmasligi uchun choralar kuchaytirilishiga va’da berdi.
O‘tgan haftada KXDR Guamdan bir nech o‘n kilometr uzoqlikda joylashgan amerika harbiy bazalariga raketa uchirishi mumkinligi bilan ogohlantirgan edi:
Izoh (0)