Syerra-Leone poytaxti Fritaun shahrida yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 312 kishi halok bo‘lgan.
“TASS”ning yozishicha, bu haqda Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga asoslanib Agence France-Presse agentligi xabar tarqatgan.
Avvalroq tabiiy ofat oqibatida 200 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Associated Press’ning yozishicha, halok bo‘lganlarning jasadlari o‘likxonaga yetkazilgan.
Mahalliy ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda qidiruv-qutqaruv ishlarida harbiylar ham qatnashmoqda.
Izoh (0)