Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish bo‘yicha mutaxassis Neyl Xelloran yadroviy urush oqibatida yuzaga keladigan yo‘qotishlar tasvirlangan rolikni taqdim etdi. Ushbu rolikka Gizmodo nashri e’tibor qaratdi.
Animatsiyada aholi soni yildan yilga qay tarzda o‘zgarishi, qancha odam tug‘ilishi-yu halok bo‘lishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, XX asr davomida har yili umumiy miqdorda qancha odam o‘lgani ko‘rsatilgan. Shu bilan birga jahon urushlari o‘limlar ortishiga jiddiy ta’sir qilgani, biroq ular yadroviy zarbalar oqibatlariga nisbatan u qadar ahamiyat kasb etmaganligi tasvirlangan.
Muallif Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalari sabab halok bo‘lganlardan kelib chiqib, uchinchi jahon urushi boshlangudek bo‘lsa AQSh, Yevropa, Rossiya va boshqa davlatlardagi yadroviy kallaklar quvvati qancha qurbonliklarga olib kelishini ekstrapolyatsiya qildi. Xelloranning hisoblashicha, zarba berilganidan so‘ng 500 million inson halok bo‘ladi, biroq zarba berilganidan uch hafta o‘tgach qurbonlar sonini hisoblab bo‘lmay qoladi.
Izoh (0)